Munisa Rizaeva feat. toiraxmed - Arzimaysan

Текст песни

Sabrim tugab bormoqda xabaring yo'q
Sevgimiz tolalari, bog'imiz lolalari so'nmoqda, xabaring yo'q
Gapirsam indamay qarab ham qo'ymading
Zerikdingmi mendan shunchalar
Meni bu nozlarim, go'zal pardozlarim
Kim uchun edi, ko'nglingni olmoqda boshqalar

Jonim sevaman deb avrama mani
Ko'ylagingda atirlar hidi
Bee'tiborsan oldingidan
Sevib yonib kuyganim kammidi

Ko'zlarimni duv duv duv duv duv duv yoshlarga
Arzimaysan sochlarimni bir dona tolasiga
Bunchalar yomonsan, aldayabsan hamon san
Tushdimmi chuv chuv chuv chuv chuv chuv so'zlarga

Sevgi nimasan o'ylab qolaman
Sevganmi yoki yo'q deb yonaman
Aqldan ozaman, g'ururdan tonaman
Oxir oqibat yolg'iz qolaman

Kim bo'libman qani ayt taqdirimni hal qilishga
Yaratgan men uchun seni bersa intilishga

Рекомендации