Текст песни

Sen shunchalar uddaburon
Men unchalik ayyormasman
Seni o'zga bilan baxtli
Ko'rmoqlikka tayormasman

G'amim tayin dardim tayin
Sen kulasan mayin mayin
Seni ko'rib tiriklayin
Yonmoqlikka tayyormasman

Yonsam suvlar sepmaysanku
Axir meni sevmaysanku
Tomoqlarim yirtulguday
Chaqirsam ham kelmaysanku

Ko'rmay shomu sahar seni
Yeb ichganim zahar meni
Nima uchun sevaman deb
Aldaysan har safar meni

Рекомендации