Jaloliddin Ahmadaliyev - Hech odam bo'lmaydi ba'zi birovlar

Текст песни

Oz emas boshimdan o'tgan sinov
Shu sabab sochimga tushgan qirov
Dardimni aytsam gar tinglab tirjayar
Hech odam bo'lmaydi ba'zi birovlar

Shular umrimni yedi Allohga qasam
Xox shular aybdor aqldan ozsam
Qalbimni ham birga olaqol desam
Yo'q to'ydim demaydi ba'zi birovlar

Ko'zida mehir bor lekin u xatar
Yuragi eng vaxshiy bo'ridan battar
Salgina ko'zlarim yumilsa agar
Qo'rg'onim talaydi ba'zi birovlar

Yoki men telbaman yo ular axmoq
Balki ular botir yoki men qo'rqoq
Yonimda necha yil yursa ham biroq
Kimligin aytmaydi ba'zi birovlar

Рекомендации